
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya fuqarolari orasida o‘zbek taomlari bo‘yicha mohir oshpaz tanlovi e’lon qildi, deb xabar berdi «Darakchi» nashri.
Unda qatnashish uchun osh pishirish jarayonini videoga olib uni Yutubga joylashtirish kerak. Hay’at a’zolari videolavha bo‘yicha besh nafar finalchini tanlaydi. Moskvada bo‘lib o‘tadigan final bahsi g‘olibiga esa O‘zbekistonga sayohat yo‘llanmasi sovg‘a qilinadi.
Tanlovning asosiy shartlaridan biri — unda O‘zbekiston fuqarolari yoki oldin O‘zbekistonda yashagan rossiyaliklar qatnashishi mumkin emas.
Mazkur tanlov haqidagi videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing