Rolling Stone jurnali xodimi Stiven Rodrik taniqli Gollivud aktyori Jonni Depp bilan bir necha kun bo‘lib, uning advokati bilan aktyordagi moliyaviy va shaxsiy muammolarni muhokama qildi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.
Jurnalist 54 yoshli aktyorning Londondagi uyida intervyu oldi. Intervyu 72 soat davom etdi.
Rodrikning aniqlashicha, o‘z faoliyati davomida aktyor 650 million dollar ishlagan. Hozir esa uning boyligidan deyarli hech narsa qolmagan. O‘tgan yili Depp 1999 yildan buyon uning moliyaviy ishlarini yuritgan The Management Group (TMG) kompaniyasini sudga bergan.
Deppning fikricha, kompaniya uning boyligini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Bundan tashqari, aktyorga aytmasdan uning singlisi Kristiga 7 million dollar berib yuborishgan.
Aktyorning so‘zlariga qaraganda, TMG ishlarning borishidan boxabar qilib turmagan. U o‘zi imzo chekadigan hujjatlarni ko‘pincha o‘qimaganini tan olib, kompaniya xodimlari uning mablag‘ini shu yo‘l bilan o‘zlashtirganini taxmin qildi.
TMG ma’lumotiga ko‘ra, Depp 75 million dollarga uylar, 70 ta gitara, 200 ta san’at asari, 45 ta avtomobil sotib olgan. Bundan tashqari, u «Kardashyan oilasi» shousidan 7 ming dollarga divan xarid qilgan, har oy parvozlarga 200 ming dollardan, doktorga 1,2 million dollardan, qo‘riqlash xizmatiga 1,8 million dollardan sarflagan.
Ayni paytda aktyor ko‘p pul ishlatishni yoqtirishini tan oldi. Jumladan, u, kompaniya hujjatlarida ko‘rsatilganiday, 30 mingga vino olmagan, balki ko‘proq sarflagan.
«Vinoga oyiga 30 ming dollar sarflagan deyish meni haqorat qilishdir, — dedi aktyor. — Men ancha ko‘p sarflardim».
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi