
25 iyun, dushanba kuni ertalab Xitoy sharqida yuk tashuvchi mashina (avtopogruzchik) bir guruh odamlarni urib yubordi. Bu haqda jamoatchilik xavfsizligi shahar boshqarmasining ma’lumotiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Transport hodisasi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, 10 dan ortiq kishi jarohat olgan.
Voqea sabablari hozircha aniqlanmagan. Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan videoda avtopogruzchikning chorrahada turgan avtomobillarga to‘qnashib ketgani, yo‘l to‘siqlarini yiqitgani va mashinalarni ag‘darib tashlagani aks etgan. Video politsiya buyruqlariga bo‘ysunmagan haydovchining o‘qqa tutilishi bilan tugagan.
Haydovchi mamlakat shimoli-sharqidagi Xeylunszyan viloyatidagi Suyxua shahrida yashashi, yoshi 45 da ekani ma’lum bo‘ldi. Voqea bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.
XitoyYuk Tashuvchi MashinaDushanba KuniTransport HodisasiJarohat OlishIjtimoiy TarmoqAvtopogruzchikVoqea TergovSuyxua Shahri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar