Foto: Sputnik
Rossiyaning Leningrad viloyatida yong‘in oqibatida qirg‘izistonlik ayol halok bo‘ldi, deb yozadi Daryo.
Yong‘in 24 iyunga o‘tar kechasi Shlisselburg shahridagi savdo pavilonlaridan birida yuz bergan. Voqea joyidan 19 yoshli yigit kasalxonaga olib ketilgan. U shifokorlarga ma’lum qilishicha, pavilonga odamlar bostirib kirib, ularga benzin sepib, o‘t qo‘ygan, so‘ng eshiklarni berkitib, qochib ketgan.
Qirg‘izistonlik Gulnora ismli ayol pavilonda sinov muddati bilan ishlagan. U yarim kechasi o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgan ish beruvchisi Kristina Pribitkovaga pavilonda ekanligini, eri ichib kelib, uni do‘pposlagani va hamma yoqni vayron qilganini aytgan.
Ayol uyiga ketgan, ammo keyinroq pavilonni tartibga solish uchun erining ukasi bilan qaytib kelgan. Shunda ularga oson alanga oladigan suyuqlik sepib, yoqib yuborishgan.
Ayolning eri qo‘lga olindi, ammo u yong‘inga aloqadorligini rad etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi