23:16 / 28.06.2018
7 259

Masjid qarshisida behayo raqsga tushgan turistlar hibsga olindi

Masjid qarshisida behayo raqsga tushgan turistlar hibsga olindi
G‘ayrimusulmon sayohatchilarning bu qilig‘i o‘zlariga qimmatga tushdi. Bu befarosat turistlar ko‘pchilikning g‘azabiga duchor bo‘lishdi.

“Fox News”ning bergan xabariga ko‘ra, Malayziyaning Sabah shtatida, masjid oldida behayo raqsga tushgan xitoylik ayollarning biri 37 yoshli Uan Xan va ikkinchisi 25 yoshli Chan Xadir. Ular yarim-yalang‘och libosda masjid oldida behayo raqsga tushishgan.

“The Star”ning tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra esa, turistlar tavba qilishgan, kechirim so‘rashgan. Malayziya hukumati buni inobatga olib, hibs qarorini katta jarimaga o‘zgartirgan. Jarima to‘langach esa, ular mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Masjid qarshisida behayo raqsga tushgan turistlar hibsga olindi