
Belgiyadagi elektron tovarlar sotuvchi tarmoqlardan biri Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionati vaqtida televizor sotib olgan belgiyalik muxlislarga bir shart bilan xarid uchun to‘lagan pullari qaytarilib berilishini va’da qildi. Buning uchun Belgiya terma jamoasi chempionatda 15 tadan ko‘proq gol urishi kerak. Bu haqda terma jamoa hujumchisi Dris Mertens ma’lum qilgan.
“Mening do‘stlarim televizor sotib olishgandi. Men buni yodimda saqlamoqdaman va ularga bepul televizor sovg‘a qilish uchun iloji boricha ko‘proq gol urmoqchiman”, deb aytgan Mertens.
Belgiya chempionatning guruh bosqichida 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va ushbu bosqichdagi eng sermahsul jamoa bo‘ldi. Mertensning o‘zi shu gollardan bittasiga mualliflik qilgan.
Belgiyaliklar jahon chempionatining 1/8 finalida yaponiyaliklar bilan bellashishadi. Uchrashuv 2 iyulda Rostov-Donda o‘tadi. Agar Belgiya keyingi bosqichga o‘ta olsa, Braziliya va Meksika o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga to‘qnash keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar