
Moskva metropolitenida futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun kelgan xorijlik ishqibozlar tomonidan volontyorlarga eng ko‘p beriladigan va eng g‘aroyib savollar ro‘yxati tuzib chiqildi. Bu haqda Moskva merining rasmiy saytida xabar qilinmoqda.
Xabarda aytilishicha, Moskvaga kelgan xorijliklarning aksariyati “Ploщad Revolyutsii” va “Pushkinskaya” metro stansiyalari haqida so‘rashadi.
“Eng ko‘p beriladigan savollar esa «Qizil maydonga qanday borish mumkin?” va “Nikolskaya ko‘chasi qayerda joylashgan?” degan savollar bo‘ldi. Bundan tashqari, xorijlik mehmonlar itlari bor metro bekatini ko‘p so‘rashgan (“Ploщad Revolyutsii”)», — dedi Moskva meri o‘rinbosari Maksim Liksutov.
Turistlar volontyorlarga murojaat qilgan eng g‘aroyib savollar esa —“Lenin qayerda uxlaydi?”, “Menga turmushga chiqasizmi?”, “Bir sutkalik cheksiz chipta bilan metroda uxlasam bo‘ladimi?” degan savollar bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar