21:10 / 08.07.2018
5 743

Tailandda itni piton iskanjasidan arang qutqarib olishdi (Video)

Tailandda itni piton iskanjasidan arang qutqarib olishdi (Video)
Tailandda it ulkan piton uchun tushlikka aylanishiga bir baxya qoldi. Bo‘g‘ma ilon o‘z qurbonini iskanjaga olib bo‘g‘a boshlagan paytda bir necha kishi unga tayoqlar bilan tashlanishdi. Deyarli to‘rt daqiqa davom etgan qutqaruv operatsiyasi lavhasi YouTube’da joylashtirilgan.

Erkaklardan biri tayoq bilan ilonni uradi, ikkinchisi esa itni uning iskanjasidan qutqarishga urinadi.

Ammo faqat tayoqlar yordamida itni qutqarishning imkoni bo‘lmaydi. Shunda erkaklardan biri ilonning dumidan ushlab torta boshlaydi va bu ish beradi.

It ilondan xalos bo‘ladi. Maqsadiga yetolmagan piton esa o‘rmon tomon sudralib ketgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda itni piton iskanjasidan arang qutqarib olishdi (Video)