Ba’zilar bor — ovqatiga ozgina achchiq qalampir tushib qolgan bo‘lsa ham ishtahasi bo‘g‘iladi, yana ayrimlar esa ishtahasini ochish uchun qalampir yeydi. Ammo yana bir toifa odamlar bor — ular qalampirni ovqat o‘rnida ham yeyaveradi... Xuddi shu uchinchi toifa insonlar uchun Xitoy janubidagi Xunan shahrida kimo‘zarga achchiq qalampir yeyish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda «Udivi.li» saytiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Bu asabi bo‘shlar uchun tomosha emas, musobaqada qatnashishni-ku xayolga ham keltirmang.
Tashkilotchilar musobaqani o‘tkazish uchun iyul oyining eng issiq kunini kutishadi. Harorat 40 darajadan oshishi, havodagi namlik yuqori bo‘lishi shart — dahshat!
Qatnashchilar tinimsiz qalampir chaynaganlari yetmaganidek, bo‘g‘zigacha unga ko‘milib o‘tirishlariga ham to‘g‘ri keladi.
Har bir qatnashchiga 50 dona qalampir beriladi — ajratilgan vaqt esa 60 soniya. O‘tgan yilgi tanlovda bir daqiqada 15 dona qalampir yegan kishi yutgandi.
Bu yilgi g‘olib — Tang Shuayxuy naq 50 dona garmdorini paqqos tushirdi va 24 karatlik oltin tangani yutib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi