09:27 / 16.07.2018
2 806

Meksikada politsiyachilar xizmatni rogatka yordamida amalga oshirishmoqda...

Meksikada politsiyachilar xizmatni rogatka yordamida amalga oshirishmoqda...
Hammasiga so‘nggi xabar oydinlik kiritdi. Yaqinda shahar politsiyachilari o‘qotar quroldan foydalanish bo‘yicha alohida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Bu tekshiruv, aniqrog‘i, imtihonni 130 nafar politsiyachidan atigi 30 nafarigina qoniqarli tarzda topshira olgan.

Shuning uchun mahalliy gubernator tekshiruvdan o‘ta olmagan politsiyachilarning qurollari tortib olinib, o‘rniga rogatka va tosh tarqatilishi haqida ko‘rsatma bergan. Mana, ancha kundan beri politsiyachilar xizmatni rogatka hamda toshlar bilan o‘tashmoqda.

To‘g‘ri, politsiyachilar bu ko‘rsatmaga qarshi chiqishdan tiyila olishmadi albatta. O‘z noroziliklarini ochiq namoyish etishdi. Shunda gubernator dedi:

— Bu vaqtincha, o‘rtoq politsiyachilar! Qachon o‘qotar quroldan foydalanishni o‘zlashtirib olsangiz, o‘sha kuniyoq qurollar o‘zingizga qaytariladi. Faqat esda tuting! Rogatka bilan ham uncha-muncha zo‘ravon tartibbuzarni qo‘rqitsa bo‘ladi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikada politsiyachilar xizmatni rogatka yordamida amalga oshirishmoqda...