Germaniyada «tungi hokim» lavozimi paydo bo‘ldi

Germaniyaning Manheym shahrida «tungi mer» lavozimi joriy etildi. U qiladigan ishlar shaharning tungi hayotini boshqarishdan iborat: tozalik, ko‘chalar va klublarda tartib saqlanishini nazorat qiladi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qiladi.
«Kechasi uxlamaydigan hokim» bo‘lishga o‘n nafar nomzod da’vogar.
«Mannheimer Morgen» gazetasining yozishicha, bu lavozimda ishlagan odam nafaqat tungi biznesni rivojlantirishi, balki har xil nizolar, masalan, bemahaldagi shovqin tufayli qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida kelib chiqqan janjallarni ham bartaraf etishi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bunday tajriba London, Amsterdam va Syurix shaharlarida ham bor.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Kechasi uxlamaydigan hokim» bo‘lishga o‘n nafar nomzod da’vogar.
«Mannheimer Morgen» gazetasining yozishicha, bu lavozimda ishlagan odam nafaqat tungi biznesni rivojlantirishi, balki har xil nizolar, masalan, bemahaldagi shovqin tufayli qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida kelib chiqqan janjallarni ham bartaraf etishi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bunday tajriba London, Amsterdam va Syurix shaharlarida ham bor.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…