Shimoliy Hindistonning Haryan shtatida chorva mollarini o‘g‘irlashda ayblanib musulmon yigit kaltaklab o‘ldirildi.
Hindiston politsiyasi mas’ullaridan biri Vasim Akram Times of India gazetasi bilan suhbatda “O‘tgan payshanba tunda Baherlo qishlog‘ida 3 aka-uka jabrlangan kishini chorva molini o‘g‘irlashga urinishda ayblab o‘lgunicha kaltaklagan” deb aytib o‘tdi.
Vasim Akram politsiya aka-ukalardan birini ushlaganini va ikki nafari qochishga ulgurganini aytgan. Politsiya shu masala bo‘yicha ishni “qotillik” deb qayd etgan. Lekin musulmon yigit aynan qaysi chorva molini o‘g‘irlashda ayblanganini ochiqlamagan.
Oxirgi paytlarda Hindistonda “Sigirlarni himoya qilish” shiori ostida musulmonlarga qarshi dushmanchilik va jinoyatlar ortib bormoqda.
Hindiston aholisining 80 foizi sigirni muqaddas sanaydi va uni sotish va yeyishni harom deb e’tiqod qiladi. 2015 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda bir milliard 300 million kishi bor.
Ushbu o‘lka aholisining 14 foizini (154 million) musulmonlar tashkil etadi.
Oldinroq, Hindistonda musulmon yigitning soqol olishga majburlangani haqida xabar bergan edik.
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda