Tarix davomida juda keng hududlarni boshqargan musulmon hukmdorlar boshqa dinlarning vakillariga favqulodda hurmat va bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lganlar. Islom davlatlarida yahudiy dinidagilar ham, nasroniylar ham hamisha to‘la xavfsizlikda, tinch-osoyishtalikda, diniy erkinlikda yashab kelganlar.
Saljuqiylar sultonligi va Usmonlilar imperiyasi davrlarida ham Islomning adolati va diniy bag‘rikengligi yaqqol namoyon bo‘lgan. Ser Tomas Arnold o‘zining “The Prefchingof Islam” («Islomning yoyilishi») kitobida nasroniylarning nima uchun saljuqiylar davlati tarkibiga kirish va ularning qo‘l ostida yashashni istaganliklari haqida shunday yozadi:
“Musulmonlar qo‘l ostida o‘z dinlariga e’tiqod qilishning bexavotirligini anglagan xristianlarning tuyg‘ulari Kichik Osiyo (Onado‘li) xristianlarining saljuqiy turklarini xaloskorlar kabi kutib olganliklariga sabab bo‘lgan. Buning ustiga imperator Mixail VIII hukmronligi davrida (1261-1282) Kichik Osiyo mayda manzilgohlarining xristianlari Vizantiya imperiyasining zulmidan xalos bo‘lish umidida turklardan o‘z davlatlariga qo‘shib olishni so‘raganlar. Bundan tashqari, xristianlarning ko‘plari boy bo‘ladimi yoki kambag‘al, turklarning o‘sha paytdagi yerlariga ko‘chib o‘tganlar”.
Saljuqiylar sultonligi eng gullab-yashnagan davrlarda hukmronlik qilgan Malikshoh fath etilgan yerlarning xalqlariga bag‘rikenglik va mehribonlik bilan munosabatda bo‘lgan, hattoki musulmon bo‘lmaganlar ham uni chinakamiga sevib, hurmat qilganlar. Barcha xolis tarixchilar Malikshohning adolati va bag‘rikengligini tan olganlar. Uning axloqi va oliyjanobligi ahli kitoblar qalbida ham unga muhabbat uyg‘otgan. Kichik Osiyodagi ko‘pgina shaharlarning aholisi Malikshoh hukmronligi ostiga ixtiyoriy ravishda o‘tishga qaror qilishganki, bu tarixda kam uchraydigan noyob hodisadir.
“Islom hazorasi”. Ahmad Muhammad
Manba: vakillik.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi