08:02 / 20.08.2018
4 176

Turkiya va Fransiya birgalikda AQSHga qarshi!

Turkiya va Fransiya birgalikda AQSHga qarshi!
Turkiya moliya vaziri Berat Olbayrak va uning fransiyalik hamkasbi Bruno Le Meyr telefon orqali suhbatlashishdi hamda AQSH iqtisodiy sanksiyalariga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olishdi.

Ikki davlat vakili joriy yilning 27 avgustida Parijda uchrashishga kelishib oldi.

Trampning sanksiyalari oqibatida Turkiya va AQSH o‘rtasida iqtisodiy bo‘hron boshlandi. Trampning bunday yo‘l tutishiga sabab – Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va adliya vaziri Abdulhamid Gulning Turkiyada terrorchilik faoliyatida ayblanayotgan amerikalik pastor Bransonning ozod etmaganligida.

Tramp Turkiyaning alyuminiy va po‘lat importiga 20 hamda 50% bojlar tarifini belgilab qo‘ydi. Bunga javoban uch kun avval Turkiya AQSHning bir qancha mahsulotlari (alkogol, tamaki, avtomobil)ga savdo tarifini ikki baravarga oshirdi.

AQSH birjasi so‘nggi 7 kun ichida tang ahvolga tushib qoldi va lira dollarga nisbatan 7%ni tashkil etdi.

Shuningdek, bir qancha mamlakatlar: Germaniya, Eron, Italiya va Qatar Turkiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlamoqchi hamda NATO a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro muammolarga diplomatik yechim topishga kelishib olishdi.

Manba: Azon.uz


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya va Fransiya birgalikda AQSHga qarshi!