06:30 / 21.08.2018
3 748

Tolibon Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi

Tolibon Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi
Tolibon harakati Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi, deb xabar qilmoqda Afg‘onistonning TOLO News telekanali.

Biroz oldin Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Qurbon-hayit bayrami to‘fayli Tolibonga uch oylik tinchlik e’lon qilishini xabar qilgan edi.

Tolibon hukumatning ushbu tashabbusiga javob bermagan bo‘lsada, Qurbon bayram arafasida “Ular ham Qurbon-bayrami baxtini o‘z oilalari va do‘stlari bilan baham ko‘rishi uchun” yuzlab asirlarni ozodlikka chiqarishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, ikki oy oldin Afg‘oniston hukumati Ro‘za-hayit munosabati bilan 11 - 19 iyun kunlari tinchlik e’lon qilgan edi. Bunga javoban Tolibon ham uch kunlik tinchlik e’lon qilgan edi. Ushbu muddatlar tugaganidan keyin, ikkala tomon ham qurolli to‘qnashuvlarni yana davom ettirgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tolibon Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi