AQSH prezidenti Donald Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II bilan iyun oyida Falastin — Isroil muammosini tartibga solish imkoniyatlarini muhokama qilish chog‘ida islom dini haqida hazil qilgan. Monarx Trampning hazilomuz so‘zlarini 2 avgust kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan uchrashuv vaqtida eslagan. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Tramp bilan uchrashuv vaqtida Iordaniya hukmdori ko‘plab falastinliklar isroilliklar bilan bitta davlatda yashashni va teng huquqlarga ega bo‘lishni ma’qul ko‘rishini aytgan. “Buning natijasida Isroil o‘zining yahudiylik xarakterini yo‘qotadi”, — deb hisoblaydi hukmdor.
“Siz aytayotganingiz ma’noga ega. Biroq musulmonlar Falastini va yahudiylar Isroilining birlashishi ssenariysida Isroil bosh vaziri bir necha yildan keyin Muhammad deb ataladi”, — deb hazilomuz javob bergan Donald Tramp.
Qirol Trampga AQSHning tinchlik rejasi Yevropa va arab davlatlari kelishuviga qo‘yilgandagina qabul qilinadigan bo‘lishi bilan javob qaytargan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi