07:00 / 27.08.2018
4 327

Uchuvchi soʻnggi parvoz oldidan taʼsirli nutq soʻzladi (video)

Uchuvchi soʻnggi parvoz oldidan taʼsirli nutq soʻzladi (video)
“Totoy” taxallusi bilan tanilgan “Cebu pacific” aviakompaniyasi kapitani Rizalino Irizarining soʻzlagan nutqi tushirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Maktan orollari tomon harakatlanishi kerak boʻlgan 600-reys uchuvchisi parvoz oldidan oʻz kabinasidan chiqqan va yoʻlovchilarga bu uning oxirgi xizmat vazifasi ekanligini maʼlum qilgan.

“Bugun men uchuvchi sifatida soʻnggi bor samolyot bortiga koʻtarildim. Aviatsiya sohasidagi 48 yillik faoliyatim men uchun juda qadrli. Ekipaj va oila aʼzolarimga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman”, deydi havo kemasi kapitani.

Anʼanaga binoan, Irizarini Kebu aeroportida oʻt oʻchirish mashinalari yordamida tashkil etilgan “suv qutlovlari” orqali kutib olindi. Parvoz yakuniga yetganidan soʻng, yoʻlovchilar uchuvchini samimiy qutlashgan va birga suratga tushishgan.

Yoʻlovchilardan birining fikriga qaraganda, kapitanning oila aʼzolari ham samolyot bortida boʻlgan.

“Uchuvchi oʻz kabinasidan chiqib, mikrofonga yaqinlashar ekan, biroz choʻchib ketdik. Odatda favqulodda holatlar yuzaga kelganda shunday qilishar edi. Lekin uchuvchining soʻnggi xizmat kuni ekanligini bilib, biz ham xursand boʻldik. Bu tarixiy parvozda bevosita qatnashish biz uchun yoqimli boʻldi”, deydi yoʻlovchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchuvchi soʻnggi parvoz oldidan taʼsirli nutq soʻzladi (video)