Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi 2018 yilda mamlakatdan chiqib ketadigan mablagʻlar oqimi boʻyicha prognozni ikki baravarga oshirdi. Bu haqda “Iqtisodiyot surati. 2018 yilning avgusti” vazirlik saytida eʼlon qilingan hisobotida aytiladi.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablagʻlar olib chiqib ketiladi.
Kapitalning chiqib ketishi - moliyaviy hisobning salbiy saldosidir - u mamlakat toʻlov balansining bir qismi sanaladi. Unda mamlakatga investitsiyalar sifatida kirib kelgan va olib chiqib ketilgan mablagʻlar hisobga olinadi - ham toʻgʻridan-toʻgʻri (bunda kompaniyadagi ulush oʻn foizdan koʻproq miqdorda xarid qilinadi), ham portfel (aksiyalar va obligatsiyalarning minoritar toʻplamlari), shuningdek, norezidentlarga muqaddam olingan kreditlar boʻyicha berilgan kreditlar va toʻlovlar hajmi.
Dastlabki yetti oy davomida Rossiyadan olib chiqib ketilgan kapitallar oqimi bir yil avvalgi 8,7 milliardga nisbatan 21,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Mamlakat MB fikricha, bunday dinamika xorijiy aktivlarni faol sotib olish va chet elliklar oldidagi rus banklarning qarzini kamaytirish bilan bogʻliq.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Estoniyadagi Danske Bank orqali Rossiya va MDHdan 30 mlrd dollar oʻtkazilgani maʼlum boʻlgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi