Makkada Kaʼbaning sharqiy burchagida joylashgan va musulmonlar muqaddas deb biladigan Hajarul-Asvad toshi (Qora tosh) bir marta oʻgʻirlab ketilgan va Makkada naq 23 yil davomida boʻlmagan, deb yozadi “Hordiq” nashri.
Ismoiliylarning karmatlar mazhabi yoʻlboshchisi Abu Tohir al Jannabiy eramizning 930 yili uni oʻgʻirlab ketib, oʻzining Bahrayndagi qarorgohiga olib borgan. Abu Tohirning maqsadi haj ziyorati anʼanasini yoʻq qilishdan iborat boʻlgan.
Karmatlar mazhabining asoschisi Abu Said Hasan bin Abhram al Jannabiyning oʻlimidan keyin mazhab rahbariga aylangan uning ukasi — Abu Tohir davrida karmatlar davlati sezilarli darajada kengaydi. U Basraga 923, Kufaga 927 yilda hujum uyushtirdi. 930 yilda esa Makkaga bostirib kirdi.
Hajning birinchi kuni amalga oshirilgan hujumda karmatlar Kaʼba atrofida namoz oʻqiyotgan 30 mingga yaqin hojilarni qilichdan oʻtkazgan. Shahar aholisining uylarini talon-taroj qilib, ularning oʻzlarini asir olgach, Abu Tohir Qora toshni joyidan olib, uni boʻlaklarga boʻlgan va oʻzi bilan olib ketgan. Uni karmatlar davlatining poytaxtidagi Masjid ad-Dirarga olib ketgan. U ad-Dirarni muqaddas dargohga aylantirib, hajni Makkadan bu yerga olib kelmoqchi edi, biroq uning rejalari amalga oshmadi.
Uning oʻlimidan keyin, oradan 23 yil oʻtib, tosh katta pulga sotib olingan. Abbosiylar Qora toshni joyiga qaytarish uchun juda katta boyligini sarflagan. Tosh demontaj qilinish chogʻida 7 boʻlakka ajralib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi