
AQSHning Cargill Meat Solutions goʻshtni qayta ishlash zavodi namoz oʻqigani uchun ishdan haydalgan 138 nafar musulmonga tovon puli toʻlaydigan boʻldi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Koloradoda joylashgan mazkur kompaniya asli somalilik boʻlgan ishchilariga tanaffuslarda namoz oʻqishlarini taqiqlab qoʻygan, keyinroq esa ularni ishdan boʻshatib yuborgan.
Shundan keyin ishchilar tegishli organlarga shikoyat bilan murojaat qilgan, ularning ishiga huquq himoyachilari aralashgan. Oxir-oqibat Cargill Meat Solutions ishdan nohaq boʻshatilgan ishchilarga 1,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlaydigan boʻldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar