06:00 / 18.09.2018
3 445

Amerikalik milliarder Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda

Amerikalik milliarder Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda
Amerikalik tadbirkor, saxovatpesha va Salesforce korporatsiyasi direktori Mark Benioff rafiqasi bilan birga Meredith media konglomeratidan Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda. Bu haqda CNN telekompaniyasiga tayanib Kun nashri maʼlum qildi.

Ushbu xarid boʻyicha bitimni 30 kundan keyin yopish rejalashtirilmoqda.

Meredith 2017 yilda oʻnlab OAV, jumladan Time, Fortune va People jurnallariga egalik qiluvchi Time Inc. matbaa kompaniyasini sotib olgandi. The New York Times nashri maʼlumotlariga koʻra, oʻsha bitimda aka-uka milliarderlar Charlz va Devid Koxlar ishtirok etishgandi. Meredith ularga tegishli tuzilmalardan ushbu maqsadda 650 mln dollar olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik milliarder Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda