21:00 / 19.09.2018
3 757

Klinton Tramp Oq uyni qanday qilib “tozalab tashlashi” mumkinligini aytdi

Klinton Tramp Oq uyni qanday qilib “tozalab tashlashi” mumkinligini aytdi
AQSH sobiq davlat kotibi Xillari Klinton MSNBCʻga bergan intervyusida, AQSH prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlardan soʻng Oq uyni “tozalab tashlashi” mumkinligidan tashvishda ekanini bildirdi. Bunday vaziyat demokratlar vakillar palatasi yoki senatda koʻpchilik oʻrinni olishmasa sodir boʻlishi mumkin, deya qoʻshimcha qilib oʻtdi Klinton.

Klintonning soʻzlariga koʻra, Tramp noyabr oyida oʻtkaziladigan saylovlar ortidan oʻziga Oq uyda va prezident maʼmuriyatida ishlaydigan “odamlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatishi” mumkin. Xususan, bunday xavotirlar The New York Times gazetasida eʼlon qilingan va Tramp maʼmuriyatining nomi oshkor etilmagan yuqori mansabli xodimining maqolasidan soʻng paydo boʻldi. Unda xodimlar prezidentga “tinch qarshilik” koʻrsatayotgani haqida soʻz yuritiladi. Klintonning soʻzlariga qaraganda, bu holat Tramp oʻziga qarshi ishlashda gumon qilayotgan xodimlardan qutulishni xohlab qolishi ehtimolini oshiradi.

Noyabr oyida boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng Tramp “yanada nazorat qilinmaydigan va hisobot bermaydigan” boʻladi, deya tashvishlanmoqda Klinton.

Noyabrda AQSH hududida Qoʻshma Shtatlar kongressida oraliq saylovlar oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp Suriya boʻyicha qaror qabul qilishga vaʼda bergandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Klinton Tramp Oq uyni qanday qilib “tozalab tashlashi” mumkinligini aytdi