Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini ancha soddalashtirdi. Turkiya prezidentining tegishli farmoni hukumat nashri Resmi Gazeteʻda chop etilgan.
Farmonga koʻra, Turkiya fuqaroligini olishga huquqni olishni koʻzda tutuvchi kapital qiymati 2 mln dollardan 500 ming dollargacha, xorijliklarga Turkiya fuqaroligiga oʻtish uchun ular egalik qiladigan koʻchmas mulkning minimal qiymati 1 mln dollardan 250 ming dollargacha kamaytiriladi. Shuningdek, xorijliklar tomonidan ish taqdim qilish bandiga oʻzgartirish kiritilgan. Endi fuqarolik olish uchun avvalgidek 100 kishini emas, 50 kishini ish bilan taʼminlash yetarli hisoblanadi. Fuqarolik olish uchun Turkiya banklarida saqlanishi kerak boʻlgan depozitlar summasi 3 mln dollardan 500 ming dollargacha kamaytirilgan.
Avvalroq Aydinlik nashri mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni istayotgani haqida maʼlum qilgandi. Aktyorning aytishicha, u bu masalani oktyabrda Turkiyaga tashrifi vaqtida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan muhokama qilmoqchi. Maʼlum qilinishicha, Depardye Turkiya fuqaroligini Turkiya oldidagi xizmatlari yoki yirik sarmoyalar uchun soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi