
Hindiston hukumati “oniy taloq” (“uch martalab taloq”)ni huquqbuzarlik deya eʼtirof etdi. Bu haqda Times of India nashri Hindiston Adliya vaziri Shankar Prasadga tayangan holda xabar bermoqda.
Hindiston Oliy sudi oʻtgan yilning avgustida musulmonlarning uch marta “taloq” soʻzi ishlatilgan holda ajrashishini mamlakat Konstitutsiyasining 14-moddasida koʻzda tutilgan fuqarolar teng huquqliligiga zid deb topgan edi. Vazirning aytishicha, shunga qaramay, “oniy taloq” berish toʻxtamagan.
Nashrning qayd etishicha, hukumat qarori mazkur masalani parlament orqali hal qilishga urinish ish bermagach qabul qilindi. Parlamentning quyi palatasi “oniy taloq” uchun jinoiy javobgarlikni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini qishdayoq qabul qilgan, biroq uni yuqori palata maʼqullamadi.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar