Rossiya oʻz iqtisodiyotida, ijtimoiy sohada, rossiyaliklar hayoti sifatini yangi darajaga olib chiqadigan, “yorib chiqadigan” taraqqiyotga erishmogʻi darkor - oʻzgarishlar barcha hududlarda roʻy beradi, deb taʼkidladi RF prezidenti Vladimir Putin Sergey Sobyaninning Moskva meri etib tayinlanishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda.
“Juda koʻp ishlar amalga oshirildi, siz hozir aytganingizdek, hali koʻp ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Rossiya - iqtisod, texnologiyalar, ijtimoiy sohada ulkan taraqqiyotga erishmogʻi darkor. Bu oʻzgarishlarning asosiy maqsadi — fuqarolarimizning hayoti darajasi va sifatini koʻtarishdir. Bu oʻzgarishlar mamlakatning barcha hududlarida roʻy beradi, poytaxtning umummilliy masalani hal etishga qoʻshadigan hissasi, albatta, hamisha juda yuqori boʻladi”, - dedi Putin.
“Moskva — tarixan oʻzgacha shahar. Bu yerda ilm, taʼlim, biznesga oid ulkan salohiyat jamlangan. Aynan shu narsa bizning poytaxtimizga dunyoning eng yetakchi megapolislari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon yaratadi”, - deb qoʻshimcha qildi prezident hamda Moskva taʼlim boʻyicha yetakchi pozitsiyada turishi kerakligini eslatib oʻtdi.
Moskva merligiga saylovlar 9 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi. Yakuniy maʼlumotlarga koʻra, Sergey Sobyanin 70,17 % ovoz toʻpladi, u uchun 1 million 582 ming 762 kishi ovoz berdi.
Sobyanin birinchi marta 2010 yilning oktyabrida, 18 yil davomida poytaxtga rahbarlik qilib kelgan va prezident ishonchini yoʻqotganligi tufayli muddatdan oldin isteʼfoga chiqarilgan Yuriy Lujkov oʻrniga Moskva meri lavozimini egallagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi