date
views 4 854

Alibaba group asoschisi: “Koʻpchiligimiz ertaga kechki payt vafot etamiz”

Alibaba group asoschisi: “Koʻpchiligimiz ertaga kechki payt vafot etamiz”

Dushanba kuni, 10 sentyabrda milliarder va Alibaba group asoschisi Jek Ma 54 yoshga toʻldi. Xitoylik tadbirkor va uning kompaniyasi toʻgʻrisidagi eng qiziq materiallarni toʻpladik.

Jek Ma tamoyillari

«Men oddiy xitoy oilasida tugʻildim. U qadar yaxshi oʻqimasdim. Harakat qilardim, ammo har doim ham oʻxshayvermasdi. Balki, gap mening maktabim eng yaxshi maktab boʻlmaganidadir. Shu sabab maktabni tugatgach, ancha vaqtgacha ish topolmadim. Uch marta imtihonlardan yiqildim va universitetga kira olmadim. Biroq hech qachon yengilmadim. Muvaffaqiyatga erishmagan odamdan muvaffaqiyatsizligining sababini soʻrab koʻring. Agar u bunda kimnidir ayblasa, uning imkoniyati yoʻq. Omadsizlar ana shunday gapirishadi. Imkoniyati borlar esa boshqacha soʻzlaydilar…

Alibabaʻga Xitoyda asos solingan, biroq u Xitoy kompaniyasi boʻlib qolmasligi zarur. Uning hatto nomi ham xitoycha emas, u arab tilidan olingan. Axir yodingizda-ku, bu soʻz “1001 kecha” toʻplamida uchraydi. Men uni ataylab tanladim. Xitoyda yaratilgan kompaniya butun dunyodagi kichik kompaniyalar va yoshlarga yordam berishini istadik.

Agar kelajakka tayyor boʻlishni istasangiz, kecha qilgan ishlaringizni bajarmang. Xotirani mashq qildirish kerak emas, baribir kompyuterdan koʻprogʻini yodda saqlay olmaysiz. Tezroq oʻqishga harakat qilmang, chunki kompyuterlar buni tezroq amalga oshiradi. Siz ijodkor, novator boʻlishga harakat qilishingiz kerak, konstruktiv boʻlishingiz lozim. Oʻrganayotganlaringizning bari sizni ana shunday odamga aylantirishi zarur.

Oʻz-oʻzimga doim mana bunday maslahat beraman. Hech narsa oddiy va bekorga boʻlmaydi. Agar muvaffaqiyatga erishmoqchi boʻlsangiz, buning uchun haq toʻlash kerak boʻladi.

Oʻz-oʻzimga har kuni beradigan yana bir maslahat. Men har kuni mana bunday deyman: “Bugun bari murakkab, ertaga bundan-da murakkab boʻladi, indinga bari ajoyib boʻladi, biroq koʻpchiligimiz ertaga kechki payt vafot etamiz”. Aynan shuning uchun qoʻlni-qoʻlga tekkizmay ishlash kerak.Har bir yangi kun muammolar keltirishi mumkin, biroq murakkab vaziyatda chiniqasiz. Oʻz-oʻzingizga ishonishingiz kerak, ana oʻshanda kelajakdagi har qanday muammoni yecha olasiz.

Agar toʻgʻri yoʻnalishda ketayotgan boʻlsangiz, pulning oʻzi sizni topadi. Bu aynan shunday ishlaydi. “Agar pulim boʻlganida, mana bunday qilgan boʻlardim” deydiganlarga men har doim shunday javob beraman: “Sizda hech qachon pul boʻlmaydi. Agar biror narsani haqiqatan ham amalga oshirmoqchi boʻlsangiz, buni pulsiz bajaring. Natijaga erishsangiz, sizga pul keladi”.

Alibaba siri

2002 yilda Alibaba.com oʻzining ilk daromadini topgan kunda Jek Ma bir necha xodimlarni oʻz xonasida toʻplab, unda sirli loyiha borligi va toʻplanganlar mazkur loyihada ishtirok etishlari mumkinligini aytdi. Biroq buning uchun Alibabaʻdan ketishlariga, sirli joyda ishlab, doʻstlari, qarindoshlari, firmaning boshqa xodimlariga oʻzlari ishlayotgan yangi startap haqida aytmaslikka toʻgʻri keladi.

Bu qaror – kompaniyani avvalgi biznesdan yangi va aʼlo darajada boʻlishi uchun umid boʻlib, Jek Ma tomonidan bosilgan ilk qadam edi. Biroq keyinchalik bunday taktika firma strategiyasidagi “koʻp qirrali tosh”ga aylandi.

Alibaba qanday tuzilgan?

Ma oʻzining Jek Uelch muxlisi ekanini tan olgan. Shuning uchun kompaniyasining ayrim jihatlari GEʻni yodga solishi bejiz emas.

“Boʻlim rahbarlari bizneslari uchun zarur boʻlgan narsani amalga oshirish uchun yetarli erkinlikka ega boʻlishlari lozim. Men ular bir-biri bilan musobaqalashishi va oʻz faoliyatlarida eng yaxshisi boʻlishga intilishlarini istayman”, - deya aniqlik kiritadi Jek Ma.

Soʻz yakunida

Bir necha kun ilgari The New York Times Ma kompaniyani oʻzining 54 yoshga toʻlgan tugʻilgan kunida tark etishi, bundan keyin xayriya va taʼlim loyihalari bilan shugʻullanishini aytgandi. Biroq keyinchalik Alibaba vakili bu maʼlumotni inkor etdi. 10 sentyabr kuni Ma Alibaba Group boshqaruvidan 2019 yil kuz faslida u tomonidan yaratilgan kompaniyaga 20 toʻlishidan avval ketmasligini maʼlum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alibaba group asoschisi: “Koʻpchiligimiz ertaga kechki payt vafot etamiz”