
AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning bir xil kostyumdagi surati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining kulgisiga sabab boʻldi.
Ukraina prezidentining matbuot kotibi Stanislav Segolko tvitterda Poroshenko va Trampning ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan tushgan suratini joylashtirdi. Shu bilan birga, prezidentlar bir-biriga juda oʻxshab ketgan: qora pidjaklar, oq koʻylaklar va qizil boʻyinbogʻlar. Segolkoning taʼkidlashicha, “hatto dress-kod ham strategik hamkorlarning pozitsiyasini ifodalaydi”.
“Aftidan, Pyotr va Tramp bitta doʻkondan kiyim xarid qilishgan”, - deya qayd etgan foydalanuvchi Viktor Ostafeychuk.
“Men bitta garderobdan dreff-kod, degan boʻlardim. Bu ikkisidan qaysi biri eski kiyimda ekanini esa, Trampning yuzidan bilib olish mumkin”, - deb yozgan Yuriy Getalov.
Shuningdek, foydalanuvchilar Poroshenkoga AQSH prezidenti bilan surat qanchaga tushgan boʻlishi mumkinligi borasida taxmin qilishgan. Bundan tashqari, suratga qoldirilgan izohlarda u montajga oʻxshab ketayotgani, uning asl nusxasida esa Tramp Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan birga turgani tasvirlangani haqida fikrlar bildirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kulgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar