Adriatika dengizida yonayotgan paromdan 150ga yaqin kishi qutqarib olindi

Adriatika dengizida yonayotgan Italiya paromidan 150ga yaqin kishi qutqarib olindi. Bu haqda CNN xabarga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Yo‘lovchilar evakuasiyasi bilan Italiya va Gresiya qutqaruv xizmatlari shug‘ullanmoqda. The Norman Atlantic paromida 450dan ortiq kishi bor edi.
Italiyaga tegishli The Norman Atlantic paromi Gresiyaning Patra shahridan Italiyaning Ankona shahriga qarab yo‘lga chiqqandi.
Kema Otona orolidan 33 dengiz mili uzoqligida harakat qilayotganida falokat signalini jo‘natdi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, yong‘in kemaning 200ga yaqin avtomobil sig‘adigan garaj bo‘linmasidan chiqib, shamol sabab kemaning qolgan qismiga ham tarqalgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing