
Amerikalik reper Snoop Dogg oʻzining Instagram sahifasida bir erkakning basseynga omadsiz sakrashi videosini joylashtirdi.
Qoʻshiqchining sahifasida joylashtirilgan videoni bir zumda 5 millionga yaqin foydalanuvchi tomosha qildi va 40 mingdan ortiq izoh qoldirdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 29 sentyabr kuni Sochida sodir boʻlgan. Dam olib oʻtirgan bir guruh kishilar orasidan bir erkak chiqib tomdan basseynga sakrashini aytgan.

Doʻstlari uni bu fikridan qaytarishga uringan, ammo u sakrashga qaror qilgan. Bechora erkak rejalashtirganidek boshi bilan suvga emas, yerga tushgan. Baxtiga, u tirik qolgan.
Hozirda 41 yoshli jabrlanuvchi kasalxonada. Unga tegishli tibbiy yordam koʻrsatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar