
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQShga mamlakatidagi yadroviy ob’ektlar ro‘yxatini taqdim etishdan bosh tortdi, deb yozadi «Xabar» nashri.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Pxenyanga tashrifi chog‘ida Kim Chen Indan tekshirish uchun Shimoliy Koreyadagi yadroviy ob’ektlarning ro‘yxatini so‘ragan. Shimoliy Koreya rahbari bu talabni rad etib, buni ikkala davlat o‘rtasida ishonch yo‘qligi sababli AQSh baribir bu ro‘yxatga ishonmasligi bilan izohlagan.
«Ma’lumotlar yana talab qilinishi mumkin. Keyin bahs-munozara kelib chiqadi», – deya iqtibos keltiradi gazeta Kim Chen Inning so‘zidan.
Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, Pxenyan bilan Vashington o‘rtasida ishonchni mustahkamlash zarurligini qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar