06:30 / 17.10.2018
3 880

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqdi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfo berdi. U bu haqda mamlakat televideniyesi orqali chiqishida eʼlon qilgan.

U navbatdan tashqari parlament saylovlari boshlanguniga qadar bosh vazir vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.

“Men isteʼfo beraman (...). Barchaga saylovlarda muvaffaqiyat tilayman. Bu formal xarakterdagi isteʼfo. Men bosh vazir vakolatini bajarishda davom etaman. Biz saylov adolatli oʻtishiga kafolat beramiz”, — degan Pashinyan.

Nikol Pashinyan shu yilning may oyida ommaviy namoyishlar orqali hokimiyat tepasiga kelgandi (namoyishlar mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazirga aylanib olishi ortidan boshlangandi).

U parlament tarqatib yuborilishi va yangi saylovlar oʻtkazilishi uchun isteʼfoga chiqdi.

Pashinyanning “Fuqarolik kelishuvi” partiyasi mamlakat parlamentida 105 mandatdan atigi 5 mandatga ega hisoblanadi. Pashinyan saylovlardan keyin vaziyat oʻzgarishiga umid qilmoqda.

Armaniston Konstitutsiyasiga koʻra, bosh vazir isteʼfoga chiqqanidan keyin mamlakat parlamenti 14 kun ichida hukumatning yangi rahbarini saylashi kerak boʻladi. Agar bu ish ikki urinishda amalga oshmasa, parlament tarqatib yuboriladi va navbatdan tashqari parlament saylovlari oʻtkaziladi.

Ayni vaqtda Armaniston parlamentining 4 fraksiyasi hukumat rahbarligi uchun nomzodlarini ilgari surmasligini maʼlum qilgan. Pashinyanning rejasiga koʻra, muddatidan ilgarigi parlament saylovlari dekabr oyining birinchi yarmida oʻtkazilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan isteʼfoga chiqdi