
Turkiyaning Yalova viloyatidagi masjidlardan biri Ka’batullohga noto‘g‘ri joylashgani aniqlandi. 37 yil davomida namozxonlar bundan bexabar bo‘lganlar. Bu haqda Daily Sabah turk nashri ma’lum qildi.
1981 yilda masjid qurilishida xatolikka yo‘l qo‘yilib, ka’baga yo‘nalishni olishda 33 darajaga adashilgan. Turkiya diniy idoralari vakillari xatolikni ko‘zdan kechirish uchun masjidga kelishgan. Mahalliy imom ushbu muammoning vaqtinchalik yechimini topgan: masjidning poliga ka’baga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatish uchun ingicha arqonlar tortib chiqilgan.
Masjid imomi Iso Qoyaning ma’lum qilishicha, ushbu xato haqida barcha xabardor qilingan. Masjid joylashgan qishloqqa yuqoriroq martabadagi imom kelib, mahalliy aholiga o‘zgarishlar haqida tushuntirish bergan. Ta’kidlanishicha, masjid intereri keyinroq ka’ba tomonga yo‘nalgan qilib to‘liq o‘zgartiriladi.
Nashrda ta’kidlanishicha, namozxonlar bu xatolikdan bexabar bo‘lganlari sababli ularning namozlari to‘g‘ri ado etilgan deb hisoblanadi.
TurkiyaYalovaMasjidKa’batullohDiniy IdoralarMahalliy ImomNamozxonlarXatoO‘zgarishlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar