11:24 / 23.10.2018
4 435

Ibn Salmon: «G‘arbning menga qilgan fitnasini unutmayman»

Ibn Salmon: «G‘arbning menga qilgan fitnasini unutmayman»
Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va Yaqin Sharq bo‘yicha bosh maslahatchisi Jared Kushnerga G‘arbning unga qilgan fitnasini unutmasligini yetkazgan. Bu bilan Ibn Salmon G‘arbning Riyozni tanqid qilayotgani va jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga javobgar ekanini aytayotganiga ishora qilgan.

Gazeta o‘z manbalariga tayanib ma’lumot berishicha, Ibn Salmon Qoshiqchi yo‘qolganining ikkinchi kuni Kushnerga telefon qilib, Vashington bu masalada nega buncha g‘azablanayotganini so‘ragan.

Bunga javoban Trampning kuyovi unga maktub jo‘natadi. Maktubda Saudiya 2 oktyabrda qirollikning Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchiga nima bo‘lganini ma’lum qilishi kerakligi aytiladi.

Prezident Trampning bu masaladagi qarashi ma’lum bo‘lgach, amerikalik boshqa siyosatchilar ham Saudiyaga qarshi pozitsiyada turib bayonotlar berdilar. Ulardan biri respublikachilardan senator Bob Korker Qoshiqchining o‘limi orqasida Ibn Salmon turgani va Saudiya aytayotgan gaplarga ishonmasligini aytdi.

Respublikachilar senatori Rand Pol bu borada: “Saudiya valiahdi Ibn Salmonning ruxsatisiz muxolifatda bo‘lgan kishini o‘ldirish uchun 15 kishini yuborilishi mumkin emas”, deydi va Saudiyaning hodisaga izohini «haqorat» deb atadi.

AQShdan tashqari Britaniya, Fransiya va Germaniya Saudiya Arabistoni jurnalistini o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat uchun voqelikni aniq ko‘rsatadigan va javobgarlikka tortadigan keng ko‘lamli hamda tezkor tergov o‘tkazishni talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ibn Salmon: «G‘arbning menga qilgan fitnasini unutmayman»