date
views 3 157

Obama va Klintonlarga bombalar jo‘natildi

Obama va Klintonlarga bombalar jo‘natildi
Nyu-York yaqinidagi uyda yashayotgan AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va prezidentlikka sobiq nomzod Xillari Klintonlarga kelgan pochta jo‘natmalari orasidan portlovchi qurilma topildi. Bu haqda New York Times gazetasiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Qurilmani Klintonlarga kelgan jo‘natmalarni tekshirayotgan texnik mutaxassis aniqlagan. Keyinroq AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga ham pochta orqali bomba jo‘natilgani ma’lum bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, portlovchi qurilmalar amerikalik milliarder Jorj Sorosning pochtasidan topilgan qurilmaga o‘xshaydi.

Dushanba kuni milliarder Jorj Sorosning uyi oldidagi pochta qutisidan portlovchi qurilma topilgandi. Bu vaqtda Sorosning o‘zi uyda bo‘lmagan. Politsiya bu ishni FQBga topshirganini ma’lum qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Obama va Klintonlarga bombalar jo‘natildi