09:04 / 27.10.2018
4 248

Kim Chen Inning bashoratlari e’lon qilindi

Kim Chen Inning bashoratlari e’lon qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z mamlakatiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning 2019 yilda olib tashlanishini bashorat qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Xabar berilishicha, KXDR davlat korxonalari vakillari va mansabdorlari sentyabr oyidan buyon Xitoy hukumati bilan faol ravishda maslahatlashuvlarni olib bormoqda va hamkorlikni faollashtirishga urinmoqda. Bu Kim Chen Inning taqiqlov choralari olib tashlanishi haqidagi bayonoti bilan bog‘lanmoqda.

Ta’kidlanishicha, Kim Chen In o‘z qo‘l ostidagilarga tez orada cheklovlar olib tashlanishini va bunga tayyor turishni aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kim bu ishda muvaffaqiyatga erishsa, afsuslanmaydi, mukofot va qahramon unvonini qo‘lga kiritadi.

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi oylarda Xitoy hukumati Shimoliy Koreya bilan chegarada nazoratni sezilarli darajada bo‘shashtirgan. Xususan, KXDRga olib chiqib ketilayotgan yuklar qattiq tekshirilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inning bashoratlari e’lon qilindi