
O‘rta og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi gruziyalik bokschi Levan Shoniya bolgariyalik Spas Genovdan mag‘lubiyatga uchragach, o‘z murabbiyiga tashlanib qoldi. Ushbu holat videosi YouTube’da e’lon qilingan.
8 raundlik boks jangi og‘ir vazn toifasida Kubrat Pulev va Xyui Fyuri o‘rtasida kechgan jangning anderkartida o‘tgan. Mag‘lubiyatdan achchiqlangan Shoniya dastlab o‘z raqibiga tashlanmoqchi bo‘lgan, keyin esa murabbiyiga 2 marta musht tushirgan. Murabbiy yiqilib tushmaslik uchun ring chetidagi arqonni ushlab olgan. Vaziyatga hakam aralashishiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mag‘lubiyat gruziyalikning 12-mag‘lubiyati bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar