
Ayol Kanadaning Redjayn shahrida yashaydi. Aytishicha, yaqinda tug‘ilgan kunini nishonlagan. Nevarasi undan tug‘ilgan kunida qanday sovg‘a olishni istashi bilan qiziqqanda, istamaygina lotereya chiptasi olishni xohlashini aytgan. Nevara unga bir dona lotereya chiptasi sovg‘a qilgan. Qarangki, shu chiptaga Etel Klarkson xonim 1 million Kanada dollari miqdorida pul yutib oldi.
Ayol pullarning bir qismiga avtomobil sotib olishni mo‘ljallamoqda. Qolaversa, qarzlaridan qutulib, qolgan pullarni qarindoshlar bilan bo‘lishishga ahd qilgan.
— Men qarzlardan qutulib, yengil nafas olishni anchadan beri orzu qilardim, — dedi Klarkson xonim. — Mana, orzuim haqiqatga aylanadigan bo‘ldi. Xudoga shukr! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar