Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyada Frot daryosidan sharqda terrorchilarga qarshi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligiga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.
“Biz samaraliroq operatsiyalar yordamida terrorchilik guruhlari ustidan g‘alabaga erishamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Axborot agentligining ma’lum qilishicha, Turkiya armiyasi 28 oktyabrda Suriyaning shimolidagi Kobani shahridagi kurd mudofaa kuchlari pozitsiyalariga artilleriya zarbalari bergan.
Turkiya armiyasi 2016 yil avgustda IShID terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi "Frot qalqoni" operatsiyasini boshlagan. Bu operatsiya davomida Suriya muxolifati ishtirokida Suriya shimolidagi Jarablus shahri va Al-Bob shaharlari qo‘lga kiritilgan. 2017 yil mart oyi oxirlarida operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilingan.
Joriy yilning yanvarida Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin shahridagi kurd tuzilmalariga qarshi "Zaytun shoxi" operatsiyasini boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi