Qohiradagi Sharq arxeologiyasi Fransuz instituti va Angliyadagi Liverpul universiteti olimlari qadimiy misrliklar ehromlarni qurishda foydalanganlari taxmin qilinayotgan qurilmani topishdi.
Arxeologlar misrliklar alebastr olgan, Luksor yaqinidagi karerlardan birida katta yuklarni ko‘tarish uchun qo‘llangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan pandus izlarini topishgan. Topilmaning taxminiy yoshi 4,5 ming yilga baholangan.
Konstruksiya markazida qiya holdagi maydoncha bo‘lib, uning ikki tomonida zinapoyalar va teshiklar bo‘lgan. Teshiklarga yog‘och xodalar tiqilib, ular atrofida arqon o‘ralgan bo‘lishi mumkin. Ko‘p tonnalik bloklar yog‘och “chana”larga mahkamlangan. Shundan keyin quruvchilar arqonlarni tortib, bloklarni 20 gradus burchak ostidagi maydoncha bo‘ylab surishgan.
Olimlar avval ham misrliklar bunday konstruksiyadan foydalangan bo‘lishlari mumkinligini taxmin qilishgan, biroq bu tizimni ilk bor aniqlashdi.
Misr ehromlari sayyoramizda hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimiy tosh inshootlaridan biri bo‘lib, uning katta qismi fir’avnlar uchun daxmalar sifatida qurilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi