
AQShning Viskonsin shtati gubernatori Skott Uolker Qo‘shma Shtatlar sobiq prezidenti Barak Obamani dunyodagi eng katta yolg‘onchi deb atadi va uning ObamaCare tibbiy sug‘urta tizimini tanqid qildi. Bu haqda Fox News telekanaliga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Uolker bunday bayonot berganida, u 2013 yilda Politificat portali Obamaning ObamaCare barchaga hamyonbop bo‘lishi borasidagi so‘zlarini «yil yolg‘oni», deb atagani haqida eslatib o‘tdi.
«Mening fikrimcha, agar sen [Obama] sog‘liqni saqlash tizimi va uning mavjud sharoitlari haqida yolg‘on gapirishda davom etmoqchi bo‘lsang, unda seni dunyodagi eng katta yolg‘onchi deb aytish mumkin», - deya ma’lum qildi Uolker.
Avvalroq, Obama va Uolker bir-birini AQSh sog‘liqni saqlash tizimi haqidagi fikrlari uchun bir necha bor tanqid qilishgan.
2017 yil yanvar oyida AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp kongress ko‘magida ObamaCare’ni bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rdi.
Joriy yilning fevral oyida AQShning to‘rtta shahri Trampni ObamaCare’ga zarar yetkazgani uchun sudga bergani xabar qilingan edi.
AQShViskonsin ShtatiSkott UolkerBarak ObamaObamaCareSog‘liqni SaqlashPolitifactYil Yolg‘oniDonald Tramp O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing