
Pokiston senatining sobiq a’zosi, “Tolibon otasi” laqabi bilan ma’lum bo‘lgan Sami al-Haq 2 noyabrda Pokiston shimolida otib ketildi. Bu haqda al-Haqning o‘g‘liga iqtibos keltirgan holda Daily Pakistan nashri ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Sami al-Haq Ravalpindi shahridagi o‘z uyida o‘qotar jarohat bilan o‘lik holda topilgan. Hujum qilgan kishining shaxsi noma’lum.
Ma’lum qilinishicha, al-Haq o‘z laqabini “Tolibon” harakati asoschisi Muhammad Umar bilan yaqin aloqalari sababli olgan. U, shuningdek, sunniy-devabandiylarning siyosiy partiyasi JUI-S fraksiyasiga boshchilik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar