date
views 4 631

Rossiyada qartada sherni yutib olgan o‘zbekistonlik uni uyida och qoldirdi

Rossiyada qartada sherni yutib olgan o‘zbekistonlik uni uyida och qoldirdi
Foto: Repost
«K-9» pitomnigi xodimlari 1 noyabr kuni Irkutsk yaqinidagi Smolenshchina qishlog‘ida xususiy uydan ozib ketgan sherni olib ketdi. Uning egasi, qo‘shnilarning ta’kidlashicha, vatani — O‘zbekistonga qaytgan, deb yozadi Daryo.

Sher bolasi uy hovlisida oddiy tayoq bilan yopib qo‘yilgan sovuq volerda bo‘lgan. Qo‘shnilar taxminicha, uy egasi sherni qartada yutib olgan va uyini sotuvga qo‘yib, O‘zbekistonga qaytgan.

Dastlab hayvonga ovqat berish uchun uy egasining tanishi kelib turgan, biroq oxirgi to‘rt kun davomida u ham kelmay qo‘ygan. Sher och o‘kirishi va g‘ingshishi bilan qo‘shni uylar aholisini bezovta qila boshlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada qartada sherni yutib olgan o‘zbekistonlik uni uyida och qoldirdi