
Vetnamlik talaba qiz Fiong Kxan “Sayyora go‘zali 2018” tanlovi g‘olibligiga erishdi. Manil shahrida o‘tkazilgan mazkur tanlov g‘olibasi 23 yoshli Fiong Kxan 86 nafar ishtirokchilar orasidan "Sayyora go‘zali" nomiga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: “Sayyora go‘zali 2018” g‘olibasi marketing sohasida tahsil olmoqda. Vetnam va ingliz tillarini mufassal biladi. Uning aytishicha, 2010 yildan buyon mazkur tanlovda ishtirok etishni orzu qilib kelgan.
Fillipinda 18- marta o‘tkazilayotgan tanlovning o‘ziga xosligi shundaki, ishtirokchilar tashqi ko‘rinishdan tashqari bilim darajalari bilan ham ustun bo‘lishlari lozim.
Tanlovning asosiy maqsadi – jamoatchilik e’tiborini atrof-muhit va tabiat himoyasiga qaratish. Shunga ko‘ra, ishtirokchi qizlar taqdim etadigan loyihalarida Yer yuzidagi ekologik vaziyat haqida o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak.
Fiong Kxan Nguyen o‘z loyihasida Vetnam janubida joylashgan Mekong daryosini asrab qolishga doir tashabbusni ko‘tarib chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar