Sayyoramizning ozon qatlami 2000 yildan boshlab har o‘n yillikda 1-3 foizga tiklanmoqda. Bunday ma’lumotlarni Jahon meteorologik tashkiloti keltirdi.
Olimlar dokladida aytilishicha, bunday sur’atlar bilan Shimoliy yarimsharda ozon qatlami 2030 yilgacha, butun sayyorada esa 2060 yilgacha to‘liq tiklanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday natijaga ozonni yemiruvchi birikmalarni ishlab chiqarishni taqiqlovchi Monreal bayonnomasi evaziga erishilgan.
Ozon qatlami yemirilayotgani ilk bor 1970-yillar oxirida aniqlangan. 2000-yillar boshiga kelib u yemirilishdan to‘xtagan. Bu global isish va karbonat angidrid gazining atmosferadagi miqdori ko‘paygani bilan ham bog‘lanadi.
Avvalroq britaniyalik olimlar Sharqiy Xitoydagi zararli moddalar ozon qatlamidagi darchaning yopilishiga to‘sqinlik qilayotganini ma’lum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda