O‘tgan dam olish kunlari Norvegiyaning Bergen shahrida pishloq pishiruvchilarning nufuzli xalqaro tanlovi World Cheese Awards bo‘lib o‘tdi. Tanlovda butun dunyodan deyarli 3500 turdagi pishloq taqdim qilindi.
Tanlovning bosh mukofoti mahalliy norveg pishlog‘i Fanaustga nasib qildi. Bu pishloq Bergen yaqinidagi Ustegorden fermasida tayyorlanadi. 2-o‘rin ham norveg pishlog‘i – Xelfeyt turidagi pishloqqa berildi. Bu pishloq echki sutidan tayyorlanadi.
Tanlovda hammasi bo‘lib 41 ta davlatdan 3472 turdagi pishloq taqdim qilindi. Italiya, Shveysariya, Fransiya, Germaniya kabi pishloq ishlab chiqarishdagi yetakchi davlatlar tanlovga katta turdagi pishloqlar olib keldi. Biroq tanlovda norveg pishloqlarining rekord darajada taqdim qilingani haqiqiy syurpriz bo‘lgan: Norvegiya sharafini 175 turdagi pishloq himoya qilgan.
Tanlov hakamlar hay’ati tarkibiga professional hakamlardan tashqari, pishloqni xush ko‘ruvchi boshqa insonlar – blogerlar, jurnalistlar, muzeylar vakillari va gastronomiya bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa odamlar kirdi. Joriy yilda hakamlar hay’atida 50 nafar norvegiyalik va 29 ta davlatdan yana 180 hakam ishladi. Ular pishloqlarning tashqi ko‘rinishi, sirti sifati, asosiy ko‘rsatkichlari (namliligi, yog‘liligi, rang, quyuq-suyuqligi) va eng asosiysi, ta’miga baho berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi
AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish