6 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammiti, MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tashkiloti sammiti bo‘lishi ham rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar bergan.
Bundan biroz avval Rossiya Davlat dumasi spikeri O‘zbekistonga KXShT Parlament assambleyasida kuzatuvchi maqomini taklif etgani ma’lum qilingandi.
Ostonada 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida tashkilotning yangi bosh kotibini tasdiqlash masalasi ochiq qolgan. KXShT a’zolari uni 6 dekabrda Sankt-Peterburgdagi sammitda qayta ko‘rib chiqishga kelishib olishgan edi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT – ODKB) harbiy-siyosiy blokdir. KXShT a’zolari — Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston. O‘zbekiston bu tashkilotdan 2012 yilda chiqib ketgan. Tashkilotning asosiy maqsadi tinchlikni, xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash, kollektivlik asosida a’zo mamlakatlarning mustaqilligi, hududiy butunligi va suverenitetini himoya qilish. Ushbu maqsadlarga erishishda siyosiy choralar ustuvorlikka ega. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi