
Yevrokomissiya prezidenti Jan-Klod Yunker Janubiy Afrika Respublikasi yetakchisi Siril Ramafosa va Yevrokengash raisi Donald Tusk bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga turli rangdagi poyabzallarda keldi. Ushbu holat videosi tvitterda tarqalgan.
Videoda zaldagi ayollardan biri Yunker turli poyabzal kiyib olganini payqab, bu haqda unga aytgan. Ayol keksa siyosatchini poyabzalini almashtirib olish uchun chiqish joyigacha kuzatib qo‘ygan. Keyinroq Yunker qora rangdagi bir xil poyabzalda ko‘rinish bergan.
Jean-Claude #Junker quite sozzled ???????? being escorted from the stage by an aide and wearing odd shoes one black shoe and one brown shoe. #EU #Brexit pic.twitter.com/iJgPGJPm3w
— Pól Ó Géibheannaigh (@pol_og) November 16, 2018
Amaldor avval ham rasmiy tadbirlarda shunga o‘xshash bahsli holatlarga tushgan. Shu munosabat bilan, ko‘p foydalanuvchilar Yunker uchun o‘zini bunday tutish oddiy hol ekanligini aytishgan va uning spirtli ichimliklarni xush ko‘rishini eslab o‘tishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar