06:00 / 19.11.2018
4 406

Dog‘istonlik jahon chempioni Rosgvardiya leytenantini otib tashladi...

Dog‘istonlik jahon chempioni Rosgvardiya leytenantini otib tashladi...
Fojia yaqinda Dog‘istondagi «Best» tungi klubida sodir bo‘lgan. Leytenant do‘stlari bilan dam olib o‘tirib, kayfi oshib qolgan bir erkak bilan gap talashib qoldi.

Erkak o‘ylab o‘tirmay, kissasidan to‘pponcha chiqardi-da, leytenantni otib tashladi. Oraga tushgan do‘sti ham o‘qdan mosuvo qolmadi. Leytenant jarohat og‘irligi sababli o‘sha yerning o‘zida vafot etdi. Do‘stini esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizishdi.

Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, qotil qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni Xaskil Yoqubov ekan. Uni Habib Nurmuhamedovning otasi eng qobiliyatli shogirdi sifatida maqtardi. Ammo qotil voqea joyidan yashiringan. Ayni paytda uni huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari qidirishmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istonlik jahon chempioni Rosgvardiya leytenantini otib tashladi...