Italiyaning Bolonya shahri sudi “Miss Italiya-2017” g‘olibining yuziga kislota sepib, uni jarohatlagan jinoyatchini 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Model Jessika Notaroga nisbatan bu tajovuz 2017 yil boshida amalga oshirilgan. Jessikaning sobiq yigiti bo‘lgan Edson Tavares o‘zaro janjal oqibatida modelning yuziga kislota sepib yuborgan. Oqibatda Jessika bir necha oy davolanishga, ko‘plab jarrohlik operatsiyalarini boshdan kechirishga majbur bo‘lgan. Shifokorlar uning chap ko‘zini tiklay olmaganlari uchun model qora ko‘zboylog‘ich taqqan holda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Jinoyat sodir etilgan yili Edson Tavares 18 yilga qamalishga hukm etilgan edi. Advokatlarning Tavaresga nisbatan ayblov xulosalarini yengillashtirish bo‘yicha qilingan murojaatlari inobatga olinib, unga 15 yilu besh oy va 20 kunlik qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi