11:39 / 22.11.2018
3 217

Tojikiston banklari "Yunistrim" bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Tojikiston banklari "Yunistrim" bilan hamkorlikni to‘xtatdi
22 noyabr kuni Tojikiston tijorat banklarida "Yunistrim" pul o‘tkazish tizimi faoliyati to‘xtatildi.

Tojikistonda bu sohadagi tashkilotlardan biri "Imon Interneshnl" mas’ul xodimi Sa’di Sumanovning Turon24ga ma’lum qilishicha, "ayni paytda "Yunistrim" orqali pul yuborish imkonsiz."Imon Interneshnl"ning "Yunistrim" bilan shartnomasi bo‘lmaganligi sababli bu tizim orqali pul yuborish imkoniyati qachon paydo bo‘lishini aytolmayman", deydi u.

"Oriyonbank" va "Esxata" bankining xodimlari ham bu tizim orqali pul yuborish ayni paytda imkonsiz ekanligini aytib, sababini ochiq keltirmayapti.

"Ozodiy" saytining yozishicha, Tojikiston banklarida "Yunistrim" orqali pul o‘tkazishning to‘xtatilishi Rossiyaning Markaziy bankiga xakerlik hujumi uyushtirilganligi ortidan kelib chiqqan. Ammo Tojikistonning bir-necha banklari mas’ullari muammoning sababini bilmasliklarini aytib, "texnik kamchiliklar tufayli bo‘lsa kerak", degan taxmin bilan vaziyatga oydinlik kiritmadilar.

Bundan ikki hafta oldin Tojikistonning yetakchi "Esxata" bankida "Zolotaya korona" tizimi orqali pul o‘tkazish to‘xtatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston banklari "Yunistrim" bilan hamkorlikni to‘xtatdi